21:06 / 16.07.2015
6037

Aktyor Jonni Deppning 16 yoshli qizi Chanel ning qiyofasiga aylandi

AQShlik mashhur aktyor Jonni Depp va fransiyalik ko‘shiqchi Vanessa Paradining 16 yoshli qizi Chanel qiyofasiga aylandi, deb ma'lum qilmoqda Fashionista portali. Lili-Rouz Depp yangi kuzgi-qishki kampaniyada zamonaviy brendning quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklari kolleksiyasini reklama qiladi.

Portalning kayd etishicha, Chanel reklamasi uchun Lili-Rouz Deppni ushbu markaning kreativ direktori Karl Lagerfeldning o‘zi tanlagan. “Lili-Rouz ajoyib, yulduz uchun xos bo‘lgan barcha qirralarga ega bo‘lgan yangi avlod qizi”, deb aytmoqda Lagerfeld.

Lili-Rouz ilk bor 2015 yilning aprelida omma oldiga chiqdi: u o‘z onasi bilan Chanel modalar namoyishida ishtirok etdi. Lili-Rouz shu oyning o‘zida Oyster jurnalining fotosessiyasida suratga tushdi. O‘shanda OAVlar qizning otasining izidan borib, aktrisa bo‘lishga qaror qilgani ma'lum qilingandi: Lili-Rouz Yoga Hosers filmidagi bosh rol uchun tanlab olingan. Bu film epizodida uning otasi ham paydo bo‘ladi.

Vanessa Paradi va Jonni Depp 14 yil birga yashashgandan keyin 2012 yilning iyunida ajrashishgan. Ular birgalikdagi turmushlaridan bir qiz va bir o‘g‘il farzand ko‘rishgan.

Top