11:21 / 16.07.2015
1680

Arsen Venger yangi mavsumda Chubu Akpomni asosiy tarkibda o‘ynatishi mumkin

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger yosh hujumchi Chubu Akpom yangi mavsumda boshqa jamoaga ijaraga berib yuborilmasligini ma'lum qildi.

"Yo‘q, biz uni ijaraga berib yubormaymiz. O‘tgan mavsumda u "Nottingem Forest"da ijara asosida o‘ynab, tajribasini oshirdi. Yangi mavsumda esa uni jamoada olib qolishni rejalashtirganman. Chuba ulkan iste'dod sohibi. U har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatish uchun tayyor", deydi Venger.

Qayd etib o‘tamiz, Chuba Akpom Singapurdagi turne doirasida Singapur terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda 3ta gol urdi. Jamoa keyingi uchrashuvni "Everton"ga qarshi o‘tkazadi.

Top