06:45 / 16.07.2015
4250

"Forsaj 7" kinematografiya tarixida eng ko‘p pul ishlab topgan filmlar reytingida uchinchi o‘rinni egallamoqda

"Forsaj 7" filmi dunyo kinoprokatlarida 1,52 milliard dollar ishlab topdi va kinematografiya tarixida eng ko‘p pul ishlab topgan filmlar reytingida uchinchi o‘rinni band etdi. Bunga qadar mazkur o‘rinni 2012 yilda suratga olingan «The Avengers» filmi band etib turgandi. Kartinaning dunyo prokatlarida yiqqan summasi 1,519 milliard dollarni tashkil qilgandi. Mazkur ro‘yxat BoxofficeMojo.com saytida joylashtirilgan.

Buning natijasida so‘nggi uch yil ichida ilk marta mazkur reyting kuchli uchligida o‘zgarish ro‘y berdi. «Yura davri» filmi hozirda «Forsaj»ga asosiy raqobatchi bo‘lib qolmoqda. Hozircha kinoteatrlarda namoyish etilayotgan mazkur film daromad bo‘yicha 50 million dollarga ortda qolmoqda

Top