12:34 / 16.07.2015
6316

Jyeki Chan Martin Kempbellning "Xorijlik" filmida suratga tushmoqda

Yangi zelandiyalik kinorejissyor Martin Kempbell "Xorijlik" (The Foreigner) nomli trilleriga bosh rol ijrosi uchun Jyeki Channi taklif qildi.

Martin Kempbell "Oltin ko‘z" (Golden Eye, 1995) va "Royal kazinosi" (Casino Royale, 2006) filmlari bilan tanilgan. Bu filmlarda Pirs Brosnan va Daniyel Kreyg josus Jyeyms Bond rollarini ijro etishgan.

Yangi filmning suratga olish ishlari shu yilning oktabr oyida boshlanishi aytilgan. Kartina 1992 yilda nashr etilgan britaniyalik Stiven Lezerning "Xitoylik" nomli romani voqealar asosida suratga olinadi.

Asarda Londondagi Chayna-taun restorani sohibi bo‘lgan, qizi irlandiyalik jinoyatchilar tomonidan o‘ldirilgan kishi haqida hikoya qilinadi. Jyeki Chan aynan shu ota rolini ijro etadi.

Top