01:29 / 16.07.2015
3261

Messi va Ronaldu Yevropaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da'vogarlik qilmoqda

Argentinalik futbolchi Lionel Messi va portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu UYeFA talqini bo‘yicha 2014/15 yillardagi mavsumdagi Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga da'vogarlik qilayotgan o‘n nafar nomzod orasiga kiritildi.

Shuningdek, ushbu mukofotga Eden Azar (Belgiya, “Chelsi”), Janluiji Buffon (Italiya, “Yuventus”), Arturo Vidal (Chili, “Yuventus”), Neymar (Braziliya, “Barselona”), Andrea Pirlo (Italiya, “Yuventus” va “Nyu-York Siti”), Pol Pogba (Fransiya, “Yuventus”), Luis Suares (Urugvay, “Barselona”), Karlos Teves (Argentina, “Yuventus” va “Boka Xuniors”) ham da'vogarlik qilmoqdalar.

Dastlabki ro‘yxatga 35 futbolchi nomiga kiritilgan edi.

Hakamlar hay'ati UYeFAdagi barcha 54 ta milliy uyushma nomidan vakolatlik qiluvchi jurnalistlardan tashkil topadi. Hay'atning har bir a'zosi uning fikricha mavsumning eng yaxshi besh nafar futbolchisining nomini aytadi. Har bir nomzod 1-o‘rin uchun 5 ochko, 2-o‘rin uchun 4 ochko va shu hokazo ochko oladi.

Ovoz berishning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, uch nafar nomzod saralab olinadi. Ularning nomlari 12 avgustda e'lon qilinadi. Monakoda 28 avgustda bo‘lib o‘tadigan 2015/16 yillardagi mavsum uchun Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida hakamlar hay'ati eng yaxshi futbolchini aniqlash uchun ovoz beradi.

Avvalgi yillarda ushbu mukofotga Messi (2011), Andres Inesta (2012), Frank Riberi (2013) va Ronaldu (2014) loyiq topilgan edi.

Top