15:10 / 16.07.2015
4866

Olimpiya chempioni Rossiya prezidenti matbuot kotibiga turmushga chiqayotganini aytdi

Figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Tatyana Navka 1 avgust kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga turmushga chiqishini ma'lum qildi.
Navka 7 iyul kuni R-Sport agentligiga bergan intervyusidayoq shu yozda Sochida to‘yi bo‘lishini aytgan edi.
Sportchi Peskov bilan 2010 yili tug‘ilgan kunda tanishgan. Dastlab ular raqsga tushgan va keyinchalik dugonasi Navkaga bu inson Vladimir Putinning matbuot kotibi ekanligini aytgan.
Ularning birga o‘tkazgan vaqti haqida gapirar ekan, Navka konsertlarga, teatrga, mehmonga va do‘konlarga ko‘p borishlarini ma'lum qildi.
2006 yilgi Turin o‘yinlari muz ustida Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan Tatyana Navka ayni paytda ikki karra jahon, uch karra Yevropa va uch karra Rossiya chempioni hamdir. Uning Aleksandr Julin bilan birinchi nikohidan 15 yoshli Aleksandra ismli qizi bor. Shuningdek, o‘tgan yilning avgustida u Peskovdan qiz ko‘rdi. Juftlik uni Nadejda deb atadi.

Top