17:16 / 16.07.2015
3323

Poroshenko: konstitutsiyani o‘zgartirmasak, G‘arbning ko‘magidan mahrum bo‘lamiz

Ukraina parlamenti taklif qilingan markazlashtirishni tugatish bo‘yicha konstitutsion o‘zgartishlarni qabul qilmasa, davlat xalqaro hamkorlarning ko‘magidan mahrum bo‘lib qoladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko aytib o‘tdi.
Yaqinda Poroshenko Donbassning maqomi to‘g‘risidagi konstitutsion o‘zgartishlarni Oliy Rada muhokamasiga kiritgani haqida axborot berilgan edi.
1 iyul kuni kiritilgan loyiha matnida Donbass tilga olinmagan edi, ammo tahrirdan o‘tgan variantda “2015 yil 12 fevralidagi Minsk kelishuvlarini ijro etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” inobatga olingani ta'kidlangan.
“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, o‘zgartishlar Ukrainaga Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi Viktoriya Nulandning tashrifi chog‘ida kiritilgan.

Top