17:27 / 16.07.2015
2452

Rovio yaqinda Angry Birds 2 o‘yini chiqarilishini e'lon qildi

Mashhur Angry Birds o‘yinining ikkinchi qismi tez orada chiqarilishi haqidagi xabar o‘yinning Twitter’dagi akkaunti orqali ma'lum qilindi.
Qushlar sarguzashtlarining navbatdagi qismi uchun yaratilgan posterga Bigger. Badder. Birdier shiori qo‘yilgan edi. Rovio 28 iyul kuni San-Frantsiskodagi tadbirda tafsilotlarni oshkor qilishga va'da berdi.
O‘yin relizi 30 iyulga mo‘ljallangan.
O‘yinning birinchi qismi 2009 yili chiqqan edi. Smartfonlarga mo‘ljallangan eng muvaffaqiyatli o‘yinlardan bo‘lgan ushbu loyihaning bir qancha spin-offlari mavjud – Angry Birds Space, Angry Birds Star Wars va h.k.

Top