01:58 / 16.07.2015
2608

Tailand hukumati idishlardagi ichimlik suviga qat'iy belgilangan narxlar kiritmoqda

Tailandda idishlardagi ichimlik suviga qat'iy belgilangan narxlar kiritilmoqda, deb xabar bermoqda The Nation nashri. Bu chora juda qattiq kelgan qurg‘oqchil mavsum sharoitida suv bilan turli chayqovchilik xatti-harakatlarini bartaraf etish uchun kiritilmoqda.

Suv uchun quyidagi narxlar o‘rnatildi: 0,5 litr hamjga ega idishdagi suv 21 sent, muzlatilgani esa 30 sent, 1,5 litrlik idishdagi suv 42 sent qilib belgilandi.

Suv bilan chayqovchilik qilayotgan qo‘lga olingan qonunbuzarlar Tailand jinoyat kodeksi bo‘yicha 4,2 ming dollar jarimaga yoki 7 yillik qamoq jazosiga tortiladi.

Bu yili Tailandda issiq mavsum odatdagidan ko‘proq davom etmoqda, shuningdek, Tailandning markaziy tumanida yetarlicha darajada yog‘ingarchilik bo‘lmayotgani ta'kidlanmoqda. Ushbu omillar oxirgi 50 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilikka sabab bo‘lmoda. Hukumat suv omborlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvning olinishiga cheklov kiritdi va suv omborlardagi suvning iste'mol qilinishini nazorat qilish uchun u yerga harbiylarni yubordi.

Top