17:19 / 16.07.2015
2689

Ukraina konstitutsion o‘zgartishlarni qabul qildi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda markazlashtirishni tugatish borasida konstitutsiyaga prezident Pyotr Poroshenko tomonidan taklif qilingan o‘zgartishlarni qabul qildi. Yig‘ilish parlament sayti orqali translyatsiya qilindi.
Yaqinda Poroshenko Donbassning maqomi to‘g‘risidagi konstitutsion o‘zgartishlarni Oliy Rada muhokamasiga kiritgani haqida axborot berilgan edi.
1 iyul kuni kiritilgan loyiha matnida Donbass tilga olinmagan edi, ammo tahrirdan o‘tgan variantda “2015 yil 12 fevralidagi Minsk kelishuvlarini ijro etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” inobatga olingani ta'kidlangan.
Qonun loyihasini 288 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.
Ovoz berishdan oldin Poroshenko chiqish qildi. Shundan so‘ng deputatlar davlat madhiyasini ijro etdilar.

Top