06:59 / 16.07.2015
4090

Yatsenyuk Putinni Ukraina xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘layotganlikda ayblamoqda

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘layotganlikda ayblamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Yatsenyuk bu haqda Londondagi Xalqaro munosabatlar Qirollik institutidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

“Prezident Putinning vazifasi Ukrainani bosib olish, ukrainaliklarni xalq va Ukrainani davlat sifatida yo‘q qilishdan iborat. Ukraina bilan sodir bo‘lgan voqealar butun dunyoga xavf soladi. Rossiya barqarorlik va xavfsizlikka tahdid hisoblanadi. Rossiyaga nisbatan yagona yondashuv kerak. Keling kuchli bo‘lamiz”, deb aytdi Yatsenyuk.

Yatsenyuk Putin Rossiya intilishlarining timsoli ekanligini aytdi.

Top