00:31 / 17.07.2015
6129

Barak Obama qamoqxonaga tashrif buyurdi

AQSh prezidenti Barak Obama 16 iyul kuni Oklaxoma shtatidagi qattiq tartibdagi El-Rino erkaklar qamoqxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Prezident axloq-tuzatish muassasasiga tashrifi davomida mahbuslar bilan uchrashdi. Oq uyda ma'lum qilinishicha, Obama qamoqxonaga tashrif buyurgan birinchi amaldagi prezident bo‘ldi. Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, prezidentning ushbu tashrifi davomida “kuchli xavfsizlik tadbirlari” qabul qilingan.

Avvalroq HBO telekanali AQShda jinoiy sud tizimining holati haqidagi dastur doirasida Obamaning qamoqxonaga tashrifini namoyish qilishi aytilgan edi.

Top