20:13 / 17.07.2015
4656

Maroon 5 guruhining Xitoydagi konserti dalay-lamaga yuborilgan tabrik tufayli bekor qilindi

AQShning Maroon 5 guruhining sentabrda Pekin va Shanxayda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsertlari bekor qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Guruhning gastrol turi bilan shug‘ullanuvchi Live Nation promouteridan hozircha hech qanday aniq tushuntirishlar berilmagan.

Ikki hafta oldin guruhning klavishnigi Jyessi Karmaykl o‘zining tvitterdagi mikroblogida Xitoyda xavfli ayirmachi hisoblanadigan, quvg‘inlikda bo‘lgan Tibet diniy yetakchisi – dalay-lamaga uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan. Tabrik keyinchalik o‘chirib tashlangan. Musiqachi, shuningdek, dalay-lamaning AQShdagi yubiley tavallud ayomi kechasiga ham tashrif buyurgan.

Keyinroq Pekin OAVlari konsertning bekor qilinishiga aynan shu holat sabab bo‘lganini ma'lum qilganlar.

Top