06:58 / 17.07.2015
2049

Nigeriyaning Gomba shahridagi portlashlar oqibatida 50 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Gomba viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Gomba shahrining markaziy bozorida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 49 nafarga, yaralanganlar soni 71 nafarga yetdi.

Qutqaruv xizmati vakillarining aytishicha, yaralanganlarning bir qismi og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kuzatuvchilar portlashlar ortida Gombada bir necha marta teraktlar amalga oshirgan “Boko haram” terrorchilik guruhi a'zolari turganini taxmin qilishmoqda.

Top