09:56 / 17.07.2015
2473

Platini boy jamoalar eng yaxshi futbolchilarni yig‘ib olishiga qarshiligini bildirdi

UYeFA prezidenti Mishel Platini Yevropa futbolida moliyaviy feyr-pleyni kuchaytirish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Kelajakda eng yaxshi futbolchilar bir necha jamoa tomonidan yig‘ib olinishini cheklashimiz kerak. Aks holda musobaqalardan sifat yo‘qoladi. Men jamoalar o‘z akademiyalari tarbiyalanuvchilarini ko‘proq maydonga tushirishini qo‘llab-quvvatlayman. Sentyabr oyida Yevrokomissiya rahbari Yunker bilan shu masala bo‘yicha uchrashuv o‘tkazaman.
Hozirda badavlat jamoalar kimni xohlashsa, uni transfer qilishmoqda. Biz Yevropa futboli kelajagini o‘ylashimiz kerak. Shu hol davom etaversa, qit'ada bir nechtagina kuchli jamoa ajralib qoladi", deb o‘z xavotirlarini bildiradi Platini.

"Jamoalar o‘tgan mavsumda jami 1,7 mlrd yevro zarar ko‘rishdi va mendan nimadir qilishni so‘rashdi. Moliyaviy feyr-pley tufayli nimagadir erishdik. Tizim yaxshi ishladi. Keyingi mavsumda yo‘qotishlar 400 mln yevroga kamaydi. Bu yaxshi natija!", deb ma'lum qildi u.

U moliyaviy feyr-pley orqali jamoalarni va futbolni saqlab qolish mumkinligini ta'kidlagan.

Top