13:57 / 17.07.2015
2908

Rossiyaning bosh muftiysi musulmonlarni Ukraina va Yaqin Sharqda tinchlik uchun duo qilishga chaqirdi

Rossiya muftiylar kengashi rahbari Ravil G‘aynutdin hayit namozidagi amri ma'rufi chog‘ida barchani Ukraina va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish uchun duo qilishga chaqirdi. Amri ma'ruf bo‘lib o‘tgan Moskva jome masjidida 10 ming kishi to‘plandi.
“Biz nafaqat mumkin bo‘lmagan narsalardan saqlanganimiz, balki mumkin bo‘lgan narsalardan ham tiyilganimiz muborak Ramazon oyida dunyo odamlari o‘zlarini to‘xtata olmay, og‘ir gunohlar sodir etishda, bolalar, ayollar, keksalar va begunoh insonlarni o‘ldirishda davom etdi, – dedi u. – Begunohlar qoni Iroqda va Suriyada, Yamanda va Quvaytda, Tunisda va Sudanda to‘kildi; Ukrainada birodarlar birodarlarni o‘ldirishda davom etmoqda. Biz Xudodan yerda tinchlik o‘rnatishni, qalblarga sokinlik ato etishni tilab qolamiz”.
G‘aynutdin har bir iymonli kishi bugun kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomonliklarning oldini olish imkoniyatiga ega.
“Buning uchun biz yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalashimiz kerak”, – ta'kidladi bosh muftiy.

Top