17:30 / 17.07.2015
9164

Xorazm viloyati hokimi narxlarning o‘sishidan nolidi

O‘zbekistonning barcha hududlarida hosil yig‘ish mavsumining boshlanganiga qaramay, markaziy dehqon bozorlarida narxlar tushish o‘rniga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa kartoshka, piyoz, sabzi singari asosiy mahsulotlarning narxi baland bo‘lib qolmoqda.
Bu haqda Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonov hokimiyatda o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida aytib o‘tdi.
“Joylarda dehqonlar va fermerlar ushbu mahsulotlarni xaridor bozorda ko‘radigan narxlardan ancha arzon sotmoqda: 1 kg kartoshka 300-400 so‘m, sabzi 200-250 so‘m, piyoz 150-200 so‘m”, – deyiladi xabarnomada.
Bundan tashqari, dala maydonlariga ega fuqarolarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Shu bilan birga, narxlarni tushirish maqsadida tumanlarda agrofirmalar tashkil etilmoqda. Ularga umumiy miqdorda 115 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Shaharlarda doimiy savdo do‘koniga ega birorta fermer xo‘jaligining yo‘qligini ta'kidlab o‘tildi. Ularning o‘rniga tijoriy do‘konlar ishlamoqda.
Yig‘ilish yakunida Urganch va Pitnak shaharlari markaziy bozorlarini tovarlar bilan ta'minlash, mahsulotning sanitar holatini yaxshilash va narxlarni nazorat qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat shtabi tashkil etildi.

Top