15:46 / 18.07.2015
18725

Alisa Freyndlixdan 15 ta purma'no va go‘zal hikmatli so‘z

Aktrisalar orasida ko‘zga ko‘ringan, yorqin va qobiliyatlilari, bundan tashqari, haqiqatan ham o‘ziga xos xarizmaga ega, hech kimga o‘xshamaydiganlari ham uchraydi. Ular o‘z rollarida kulgili yoki xunuk bo‘lishdan qo‘rqmaydilar. Bu dovyuraklik bilan ularning haqiqiy go‘zalligi namoyon bo‘lib boraveradi. Shunday aktrisalardan biri – Alisa Brunovna Freyndlixdir.

Saytimiz bunday ajoyib ayolning iste'dodi va donoligini yuksak baholaydi va uning hayotiy naqllarini siz azizlar bilan bo‘lishishni istaydi.

1.Mening yagona xatoyim – hayotimning to‘rtdan uch qismini hali hammasi oldinda, deb o‘tkazib yuborganim.

2.Insonlarning boshqa ozodliklar bilan birga vijdondan ham ozod bo‘lganliklari menga hech tinchlik bermaydi.

3.Inson bolalikni o‘zida qanchalik uzoq saqlab qola olsa, unga berilgan tabiiy iste'dodni ham shunchalik ko‘p asrab qoladi.

4.Kimlardadir – ish, yana kimlardadir – taqdir.

5.Baxt bu – sevishdir. Biroq muhabbat ikki yoqlama bo‘lmasa, uni baxt, deb atash qiyin. Lekin shunga qaramay, qalban sen baxtlisan, chunki sevish sevilishdan ko‘ra ko‘proq yoqimli, xayrli va muhimroqdir. Sevimli bo‘lish – bu albatta, yaxshi, ammo sevish – bu ichingdan harakatlanish, o‘z mohiyatini anglab yetish tomon harakatlanishdir.

6.Butun umr bolalar adabiyotini yaxshi ko‘rganman, hatto hozir ham ba'zan ularni mutolaa qilib turaman.

7.Uzoq vaqt kutish qandaydir bir beadablikka o‘xshaydi. Bu taqdirga nisbatan nohaqlik va uni behuda sarflashdir.

8.Aqlning intilishi hurmatni paydo qiladi, qalbning intilishi do‘stlikni paydo qiladi, tananing intilishi xohishni paydo qiladi. Ularning barchasi yig‘ilganda muhabbat yaraladi. Agar ularning faqatgina bittasi bo‘lmasa ham, siz hamma narsani olasiz, biroq muhabbatga ega bo‘la olmaysiz.

9.Faqatgina xudo bergan narsaning ustida “ketish” - tezda “otdan yiqilish”ni anglatadi.

10.Hali yosh payting biror narsa olishni, o‘rganishni istaysan. Yoshing ulg‘ayib,  ancha narsani o‘rganganingdan so‘ng esa, ularni kimgadir o‘rgatishni, kuch-g‘ayratingni kim bilandir bo‘lishishni xohlaysan. Qarigach esa, birgalikda yorongul o‘stirish uchun o‘zingga o‘xshaygan yana bir keksa kerak. 

Mazkur purma'no so‘zlar aktrisa bergan intervyularidan olingan.


Top