10:22 / 18.07.2015
1931

Amur viloyatida o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat joriy qilindi

Rossiyaning Amur viloyatida o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat joriy qilindi. Bu haqda viloyat hokimiyati sayti orqali ma'lum qilindi.
“Favqulodda holat Amurbo‘yi mintaqasida joylashgan barcha kuchlar va vositalarni jalb qilish, yong‘inlarni o‘chirish va aholini himoya qilish maqsadida joriy qilinmoqda”, – dedi mahalliy favqulodda xizmat rahbari Aleksey Venglinskiy.
Havoning isib ketishi tufayli viloyatda ko‘plab o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi. Ayniqsa Zeysk, Magadanchina, Tindina, Skovorodinsk tumanlarida murakkab vaziyat hukm surmoqda.

Top