00:24 / 18.07.2015
2954

Internetda oxirgi 12 yil ichidagi eng kam miqdordagi spam qayd etildi

Internetda spam miqdori 2003 yilda oxirgi marta qayd qilingan minimal ko‘rsatkichga erishdi.

Symantec kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tahlil qilingan elektron maktublardan faqatgina 49,7 foizi spam bo‘lib chiqqan. Bu ko‘rsatkichga internetda botnetlarga qarshi olib borilgan faol kurash natijasida erishilgan. Firibgarlikning boshqa turlari miqdori ham spam miqdori bilan kamaygan.

Kompaniya ta'kidlashicha, spam miqdorining kamayishi firibgarlarning foydalanuvchilarni aldashning yangi usullarini o‘ylab topayotganlari bilan bog‘lanmoqda.

Top