00:21 / 18.07.2015
2842

Iroqda portlash oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Iroqda Ramazon hayitini nishonlash paytida 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bomba o‘rnatilgan avtomobil Bog‘doddan shimoli-sharqiy tomonda joylashgan Xan-Bani-Saad shahridagi gavjum bozorlardan birida portlatilgan.

Portlash oqibatida kamida 50 kishi yaralandi.

Top