00:00 / 18.07.2015
2431

O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova Bangkokdagi musobaqaning finaliga chiqdi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Nigina Abduraimova Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari seriyasining Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tayotgan musobaqasi finaliga chiqdi. Abduraimova yarimfinalda xitoylik Kai-Lin Jangni 6:2, 3:6, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

18 iyulda bo‘lib o‘tadigan final bahsida Abduraimova yaponiyalik tennischi Miyu Kato bilan musobaqaning bosh sovrini uchun bellashadi.

Top