15:56 / 18.07.2015
2950

Rossiyalik erkak pochta bo‘limida o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi

Rossiyaning Kaluga shahrida noma'lum erkak kishi pochta bo‘limida o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari bergan ma'lumotlarga tayangan holda LifeNews nashri xabar bermoqda.
Voqea kichik mahalliy bo‘limlardan birida sodir bo‘ldi. Aytilishicha, u o‘z ustidan yoqilg‘i quyib, so‘ng gugurt chaqqan.
Erkak tanasining katta qismi kuyib, u mahalliy shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Top