20:36 / 18.07.2015
4580

Suriya armiyasi Livan bilan chegara yaqinida 40 terrorchini yo‘q qildi

18 iyul kuni Suriya armiyasi va Livan qarshilik kuchlari Damashqdan shimoli-g‘arbiy tomonda joylashgan Es-Zibadan shahrida uyushtirgan pistirma oqibatida kamida 40 terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiya natijasida ko‘plab terrorchilar yaralangan, shuningdek, ularga tegishli qurol-aslaha, o‘q-dori va harbiy texnika yo‘q qilingan.

Es-Zibadan shahri Suriyaning Livan bilan chegerasi yaqinida joylashgan bo‘lib, “Jabxat an-Nusra” jangarilari tomonidan Livandan Damashqqa terrorchilar tashlash va qurol-aslaha yetkazib berish punkti sifatida ishlatiladi.

Suriyada 2011 yildan beri qurolli to‘qnashuvlar davom etib kelmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bu to‘qnashuvlar oqibatida 220 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan. Suriya hukumat qo‘shinlari turli qurolli tuzilmalarga tegishli jangarilar otryadlari bilan kurashmoqdalar. Ular orasida “IShID” va “Jabxat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlari jangarilari eng faol hisoblanadi.

Top