01:11 / 18.07.2015
8127

Xonanda Beyonse va aktyor DiKaprio Xillari Klintonga 47,5 mln dollar yig‘ishga yordam berdi

Xillari Klinton o‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida o‘z foydasiga 47,5 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan, deb rasmiy hujjatlarga iqtibos keltirgan holda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Klinton aprel oyida AQSh prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma'lum qilgan. Klinton shundan keyin Los-Andjyelesda Gollivud aktyorlari orasida mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ikkita tadbir o‘tkazdi.

Klinton kampaniyasiga pul o‘tkazganlar orasida Barbra Streyzand, Mejik Djonson, Tobi Maguayr, Stiven Spilberg, Beyonse, Leonardo DiKaprio, Ben Afflek, Riz Uizerspun, Dakota Fenning, Brayan Krenston, Richard Gir, Xloya Greys Morets va boshqa mashhur insonlar bor.

Top