12:18 / 19.07.2015
6394

Gaydar bitta savolni uch marta javobsiz qoldirdi

Ukrainaning Odessa viloyati hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosari, rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Mariya Gaydar bitta savolni uch marta ochiq qoldirdi. TCH portalining yozishicha, savol Ukraina kimga qarshi harbiy harakatlar olib borayotgani haqida berilgan edi.
Aytilishicha, ushbu savol birinchi marta jaranglaganida Gaydar xonim barcha savollarga javob berganini ma'lum qilgan, ikkinchi safar “eshitmaganlikka olgan”, oxirgi marta esa savolga savol bilan javob bergan.
Shundan so‘ng Gaydar xonimning yordamchilaridan biri savolga javob bergan.

Top