14:34 / 19.07.2015
3222

O‘zbekiston Devis Kubogi Jahon guruhining pley-off bosqichiga chiqdi

O‘zbekistonning tennis bo‘yicha terma jamoasi sakkizinchi marotaba Devis Kubogi Jahon guruhining pley-off bosqichiga chiqdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi o‘yinda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Janubiy Koreyaning birinchi raqamli sportchisi Xeon Chang bilan bahslashdi.
Birinchi setda Istomin raqibini 6:1 hisobida yengdi, ikkinchi setda esa 1:0 hisobi qayd qilib turilgan paytda koreyalik raketka kurashni to‘xtatdi.
Shu tariqa, umumiy hisob O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga 3:1ni tashkil qildi.
Yakuniy beshinchi o‘yinda O‘zbekiston jamoasi sardori Pyotr Lebed Temur Ismoilovga xalqaro uchrashuvlarda tajriba oshirish imkonini berdi. U Farrux Do‘stov o‘rniga Seong Chan Xongga qarshi kortga chiqadi.

Top