12:40 / 19.07.2015
3830

Qoraqalpog‘istonda kollej direktori pora ustida qo‘lga olindi

Nukus pedagogika kasb-hunar kolleji direktori B. Navro‘zboyev poraxo‘rlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u fuqaro I. Sobirovning ukasi R. Sherovni kursdan kursga o‘tkazish evaziga 500 ming so‘m talab qilgan. Shundan so‘ng Sobirov Nukus shahar SVOJJDLQK departamentiga murojaat qilgan. Navro‘zboyev o‘z xonasida 350 ming so‘m pora olayotganida ushlangan.

Top