16:04 / 19.07.2015
5903

Qozog‘iston politsiyasiga past bo‘yli odamlarni olish taklif qilindi

Qozog‘iston politsiyasiga past bo‘yli odamlarni olish taklif qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimovning blogiga Yerjan Bateshov murojaat qilib, shunday taklifni ilgari surdi.
“Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilish uchun bo‘yga qo‘yiladigan talablarni sezilarli darajada pasaytirishni taklif qilaman. Hatto afsonaviy general Yertayev bo‘yicha past odam bo‘lgan, ammo bu uning vatan oldidagi harbiy xizmatlarini kamsitmaydi. Bundan tashqari, Qozog‘istonning asosiy aholisi turk-mo‘g‘ullardir, ular tabiatan odatda past bo‘yli bo‘lishadi”, – deyiladi murojaatnomada.
Ammo vazirlik o‘z javobida bunday talablar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga qo‘yiladigan xizmat talablari bilan bog‘liqligini ta'kidlab o‘tdi:
“Politsiyachining ishi o‘ziga xos mehnat shart-sharoitlari, sog‘liq va hayotga doimiy xavf bilan bog‘liq. Shu bois IIV xizmatiga kirishda jismoniy rivojlanishga maxsus talablar qo‘yiladi. Nomzodning bo‘yi 170 smdan past bo‘lmasligi kerak (ayollar uchun – 165 sm), yo‘l politsiyasi bo‘linmalarida xizmat qilish uchun bo‘y 175 sm dan kam bo‘lmasligi kerak (ayollar uchun – 165 sm)”.

Top