13:01 / 19.07.2015
2164

Rossiyaning Omsk viloyatida 60 ming kishi chiroqsiz qolib ketdi

Rossiyaning Omsk viloyatida 113 aholijoy chiroqsiz qolib ketdi. Ularning umumiy aholisi 60 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda Sibir mintaqaviy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
19 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:40da viloyatning Znamensk va Tarsk tumanlarida chiroq o‘chib qolganligi haqida xabar yetib kelgan. Avariya jami 113 aholijoyni qamrab olgan.
“Ularda 16 141 uy, 61 077 kishi, 92 ijtimoiy obekt bor edi”, – deyiladi xabarnomada.
Avariyani bartaraf qilish va elektr ta'minotini tiklash borasida ish olib borilmoqda.

Top