17:26 / 19.07.2015
1777

Tayvanning hukmron partiyasi 2016 yilgi saylovlarga ayol nomzodni ko‘rsatdi

Tayvanning hukmron partiyasi – Gomindan vakilasi Xun Syuchju 2016 yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadi. Bu haqda markaziy Xitoy televideniyesi xabar berdi.
Tayvan oroli rahbari bu yerda prezident deb atalsa ham, rasmiy Xitoy tomonidan orol ma'muriyati rahbari sifatidagina tan olinadi.
Syuchju xonim hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda partiya birligini tiklab, uning asoslarini mustahkamlashini ma'lum qildi.
Muxolif kuch – Demokratik taraqqiyot partiyasi yetakchisi va nomzodi, 58 yoshli Tsay Invenning saylovda g‘alaba qozonish ehtimoli yuqoriroq baholanmoqda.

Top