16:38 / 20.07.2015
2369

AQShdagi turnir vaqtida 2 nafar ispaniyalik mototsiklchi halok bo‘ldi

Motopoyga bo‘yicha AQShning Montereye shahrida o‘tkazilayotgan turnir vaqtida ispaniyalik Bernat Martines va Daniel Fernandes jiddiy avariyaga uchrab, olamdan o‘tishdi. Bu haqda Crash portalida ma'lum qilingan.
 
Ushbu foija 19 iyul oqshomida ro‘y bergan. Turnir tashkilotchilarining ma'lum qilishicha, 35 yoshli Martines va 27 yoshli Fernandes jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan, lekin ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
 
"Men o‘z qayg‘uimni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Bu mototsiklchilar oilasida ulkan yo‘qotish bo‘ldi. Biz marhumlarning yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz", deydi MotoAmerica tashkiloti prezidenti Ueyn Reyni.
Top