10:05 / 20.07.2015
2639

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatida 1 tur o‘yinlari o‘tkazildi

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining navbatdagi mavsumiga start berildi. O‘tgan haftaning so‘nggi uch kunida dastlabki turning oltita uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi chempion «Zenit» o‘z uyida Moskvaning «Dinamo» klubi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, vitse-chempion TsSKA Qozonning «Rubin» kulbidan minimal hisobda ustun keldi.

Turning kutilmagan natijasi Moskvada «Otkritiye Arena»da kuzatildi. Rossiyaning ko‘p karra chempioni «Spartak» o‘z uyida autsayder sifatida qaralidigan «Ufa» jamoasi bilan durang natija qayd etdi. Qolaversa, o‘yinda mehmonlar hisobda oldinda borishayotgandi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri Vagiz Galiulin ham zaxiradan maydonga chiqariladi.

Turning qolgan ikki uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. «Amkar» o‘z uyida «Krasnodar»ni qabul qilsa, «Kuban» Krasnodarda «Ural»ga qarshi to‘p suradi.

ROSSIYa PReMeR-LIGASI 1-tur

ZenitDinamo 2:1

Gollar: 0:1 – 28 Kokorin, 1:1 – 44, penalti Xalk, 2:1 – 67 Shatov. Chetlatish: Gubochan (42).

MordoviyaLokomotiv 0:1

Gol: 0:1 – 60 Shkuletich.

AnjiKrilya Sovetov 0:1

Gol: 0:1 – 51 Gabulov.

SpartakUfa 2:2

Gollar: 0:1 – 12 Xandjich, 1:1 – 24 Tashchi, 1:2 – 67 Stotskiy, 2:2 – 79 Ze Luish.

Chetlatish: Frimpong (31).

TsSKARubin 1:0

Gol: 1:0 – 87 Musa.

RostovTerek 1:1

Gollar: 1:0 – 38 Dumbiya, 1:1 – 70 Lebedenko.

20 iyul AMKAR – KRASNODAR, KUBAN – URAL

Top