18:36 / 20.07.2015
4007

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya fuqaroligidan voz kechmoqda

Ukrainaning Odessa viloyatining yangi gubernatori va Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya fuqaroligidan voz kechmoqda.

“Mixail Saakashvili Gruziya fuqaroligidan voz kechish arafasida turibdi”, deb aytdi Odessa viloyati ma'muriyati matbuot xizmati xodimi Denis Samigin.

Avvalroq Saakashvilining o‘rinbosari etib tayinlangan, rossiyalik siyosatchi Yegor Gaydarning qizi Mariya Gaydar Rossiya fuqaroligidan voz kechmasligini aytgan edi.

Shu bilan birga Mariya Gaydar “bunda Ukraina qonunlariga amal qilishini” ta'kidlab o‘tgan.

Ukrainada ikki fuqarolik mamlakat konstitutsiyasi bilan man qilingan.

Top