07:29 / 20.07.2015
2463

Kiko Kasilya "Real"ning birinchi raqamli darvozaboni bo‘lmoqchi

"Real" jamoasining yangi darvozaboni Kiko Kasilya o‘zining kelgusidagi niyatlari haqida gapirib berdi.

"Birinchi navbatda jarohat olmaslikka harakat qilaman. Bu sportchilar uchun o‘ta muhim vazifa. "Real" bilan sovrinlar yutmoqchiman. Juda ko‘p sovrin yutishimizga umid qilaman.
Shuningdek, juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushishni va jamoamga yordam berishni istayman. Men "Real"ning asosiy darvozaboni bo‘lmoqchiman.
Menda buning uchun tajriba yetarli, 4 mavsumdan buyon Ispaniya chempionatida o‘ynab kelaman", deydi Kasilya.

Biroz oldinroq, ushbu 28 yoshli darvozabon "Espanol"dan 6 mln yevro evaziga transfer qilingani va u bilan 4 yillik shartnoma imzolangani xabar qilingandi.

Top