09:55 / 20.07.2015
4148

KXDR rahbari mahalliy saylovlarda ovoz berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yakshanba kuni viloyatlar, shaharlar va uyezdlar xalq majlislari saylovlarida ovoz berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.
“Koreya mehnat partiyasining birinchi kotibi, KXDR mudofaa qo‘mitasi birinchi raisi, Koreya xalq armiyasi oliy bosh qo‘mondoni, hurmatli va sevimli o‘rtoq Kim Chen In 19 iyul kuni 107-saylov okrugi 102-uchastkasida Pxenyan xalq majlisi, shuningdek, Soson tuman xalq ko‘mitasi saylovlarida ishtirok etdi”, – deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, Kim Chen In Pxenyan shahar xalq qo‘mitasi saylovlarida trolleybus haydovchisi Xo Myon Gimga, Soson tumani saylovlarida esa elektr poyezdlar kombinati sex boshlig‘i Sin Sun Txega ovoz bergan.

Top