22:51 / 20.07.2015
3100

Marhum poygachi Jyul Byankining raqami uning xotirasiga hurmat yuzasidan muomaladan chiqarildi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasida 17 raqami ostida ishtirok etgan, 18 iyulda vafot etgan poygachi Jyul Byankining raqamini muomaladan chiqardi.

Byanki o‘tgan yil oktabr oyida Yaponiyaning “Suzuka” trassasida poyga paytida avtohalokatga uchrab, og‘ir jarohatlar olgan edi. U 18 iyulda uzoq vaqt davom etgan koma holatidan keyin o‘ziga kelmay shifoxonada vafot etdi.

“FIA prezidenti Jan Todt Jyul Byankining xotirasiga hurmat yuzasidan u ishtirok etgan 17 raqamini “Formula-1” dan muomaladan chiqarishga qaror qildi. Shuning uchun bu raqamdan endi “Formula-1”da boshqa foydalanilmaydi”, deb aytilmoqda FIA bergan bayonotda.

Top