19:25 / 20.07.2015
2934

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kengashi o‘zbekistonlik velosportchilarga 157 ta velosiped taqdim qildi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kengashi velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolariga 157 ta sport velosipedi xarid qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xorazm, Samarqand, Farg‘ona, Namangan va Sirdaryo viloyatlari Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari ushbu velosipedlardan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu velosipedlardan bir qismi Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji, Murakkab texnik va qishki sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olayotgan sportchilarga taqdim qilinadi.

O‘zbekistonlik velosportchilar velosport bo‘yicha nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. O‘zbekistonlik velosportchi Timur Gumerov Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lib, joriy yilda o‘zbekistonlik velosportchilar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Gumerov Osiyo chempioni unvoni bilan birga Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya olish uchun muhim reyting ochkolarini ham qo‘lga kiritdi.

Top