21:34 / 20.07.2015
3278

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 6 avgustda bo‘lib o‘tishi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 6 avgustda bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bunday qarorni Oliy Majlis Senati Kengashi 20 iyuldagi yig‘ilishida qabul qildi, deb xabar bermoqda “O‘zA” axborot agentligi.

Yalpi majlis kun tartibiga bir qator qonun loyihalari, jumladan “Investitsion va paychilik jamg‘armalari”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” (yangi tahrirda), “Aholining sanitar-epidemiologik farovonligi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ba'zi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsh to‘g‘risida”gi qonun loyihalariga kiritiladi.

Senatorlar, shuningdek, Markaziy bankning 2014 yilgi faoliyati bo‘yicha hisobotni muhokama qilishadi.

Top