14:18 / 20.07.2015
3093

O‘zbekiston va Koreya KSP doirasida hamkorlik qilmoqda

Bilim almashish dasturi (KSP) doirasida O‘zbekistonga Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Koreya taraqqiyot instituti (KDI) qoshidagi xalqaro taraqqiyot markazi direktori professor Li Sivouk boshchilik qildi.
KSP dasturi 2004 yildan buyon ishlab kelmoqda. U KDI hamda Koreya strategiya va moliya vazirligining (MOSF) strategik hamkor davlatlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan konsalting mexanizmi hisoblanadi. Dastur dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda shu yo‘nalishlarda konkret takliflar ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
“Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralarda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarda asosan sog‘liqni saqlash, Navoiy maxsus iqtisodiyot va sanoat zonasining eksport salohiyatini oshirish, tekstil sanoatini rivojlantirish va universitetdan keyingi ta'lim tizimini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Top