12:36 / 20.07.2015
2856

Tojikiston rasmiy xabarlar uchun davlat monopoliyasini o‘rnatdi

Tojikistondagi barcha ommaviy axborot vositalari davlat organlari haqidagi barcha rasmiy xabarlarni chop etishi uchun «Xovar» milliy axborot agentligiga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda «Interfaks» mamlakat prezidenti Emomali Raxmon tomonidan imzolangan yangi hujjatga tayanib xabar bermoqda.

«Bu hukumat yig‘ilishlari, Prezidentning mamlakat bo‘ylab va chet el bo‘ylab rasmiy tashriflari, uchrashuvlari va Tojikiston delegatsiya ishtirok etadigan turli boshqa tadbirlarni yoritishda amal qiladi», — deyiladi bayonnomada.

«Barcha davlat tashkilotlari o‘zlarining yangiliklarini va matbuot-relizlarini «Xovar» agentligiga taqdim etishlari shart. Boshqa OAV esa faqatgina «Xovar»ni manba sifatida ko‘rsatibgina bu haqida xabar berishi mumkin», — deb yoziladi mamlakat prezidenti rasmiy saytida.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Tojikistonda o‘nlab xususiy nashrlar, xususiy axborot agentliklari va shuningdek, 50dan ortiq akkreditatsiyadan o‘tgan xorij OAV faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Top