18:26 / 20.07.2015
1983

Turkiya bosh vaziri muddatdan ilgarigi parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘rsatma berdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li muddatdan ilgari o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda u o‘zi rahbarlik qiladigan Adolat va taraqqiyot partiyasi okrug boshqarmalari rahbarlari bilan o‘tkazgan telefon muloqotida aytib o‘tdi.
“Koalitsiya tuzishi haqidagi muzokaralar davom etayotganiga qaramay, siz har daqiqa qayta saylovlarga tayyor turishingiz kerak. Siz o‘z shaharlaringiz aholisi bilan doimo aloqada bo‘lib turishingiz kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi TRT telekanali.

Top