10:44 / 20.07.2015
2030

WSJ: AQSh arab davlatlariga aksilraketa mudofaasini yaratishda yordam bermoqchi

AQSh Yaqin Sharqdagi ittifoqdoshlarini tinchlantirish hamda xavotirlarining o‘rinsizligini ko‘rsatish uchun ularga aksilraketa mudofaa tizimini yaratishda yordam berishi mumkin. Bu haqda prezident ma'muriyatidagi manbalariga tayangan holda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Bundan tashqari, Vashington mintaqaga qurol-yarog‘ yetkazishni tezlashtirish yo‘llarini qidirmoqda.
Ma'muriyat oldida turgan asosiy vazifa Eronga nisbatan qurol-yarog‘ sohasidagi cheklovlarning to‘xtatilishi tufayli kelib chiqish mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf qilishdir. AQSh erishilgan kelishuvga binoan Tehronga raketa texnologiyalarini ham taqdim etadi.
AQSh ayni kunlarda Fors ko‘rfazi davlatlari bilan harbiy hamkorlik doirasida ularning xavfsizligini kafolatlovchi bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Top