17:43 / 20.07.2015
17334

Xakerlar bevafo turmush o‘rtoqlari uchun tanishuv sayti foydalanuvchilarining ma'lumotlariga ega bo‘ldi

Turmush qurgan shaxslar uchun tanishuv xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan AshleyMadison.com sayti foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar xakerlar tomonidan o‘g‘irlanib, internetga joylashtirildi. Forbes jurnalining yozishicha, xakerlar 37 mln kishi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlagan.
O‘zini Impact Team deb atagan xakerlar guruhi ushbu ma'lumotlarni saytning egasi – Torontoda joylashgan Avid Life Media kompaniyasini fosh qilish uchun o‘g‘irlaganliklarini ma'lum qilishdi. Ushbu kompaniya vakillari foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni 19 dollar evaziga o‘chirishga va'da berishgan, ammo, xakerlarning ta'kidlashicha, bu ma'lumotlar tarmoqda qolavergan.

Top