11:20 / 20.07.2015
2334

Xitoyda 20 ming quti qalbaki dori bilan 20 kishi qo‘lga olindi

Xitoy politsiyasi uzoq tayyorgarlikdan so‘ng qalbaki dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini tutish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
20 kishi qo‘lga olindi, 20 ming quti qalbaki dori vositalari, bir necha tonna xom ashyo topildi.
Chjetszyan okrugi politsiyasining xabar berishicha, dorilar internet do‘konlari va messenjerlar orqali sotilgan. Shu paytga sotilgan vositalarning umumiy qiymati 16 mln dollarni tashkil qiladi.

Top