10:41 / 20.07.2015
3366

Xitoyda axloqsiz video tarqatgan to‘rt kishi qo‘lga olindi

Xitoy politsiyasi Yaponiyaning Uniqlo kiyim-kechak do‘konining Pekindagi filiali yechinish xonasida sodir bo‘lgan jinsiy aloqa sahnasi qayd qilingan videoni tarqatishda gumon qilinayotgan to‘rt kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, virusli videoda ishtirok etgan juftlik uni o‘z do‘stiga yuborgan, ammo kadrlar noma'lum sabablarga ko‘ra internetning xitoy segmentida keng tarqalib ketdi.

Xitoyning mashhur ijtimoiy tarmog‘i – Weibo’da videorolikni joylashtirgan 19 yoshli yigit, shuningdek, videoni tarqatgan yana uch kishi so‘roq qilinmoqda.
Aytilishicha, Xitoyda bunday mazmundagi materiallarni tarqatish ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu ishni tijoriy maqsadda amalga oshirganlar esa umrbodga qamalishi mumkin.

Top