08:28 / 21.07.2015
3614

Ilon Mask Falcon 9 halokatining sababini aytdi

Falcon 9 raketasining qulashi birinchi bosqich yoqilg‘i bakidagi nuqson tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda raketani ishlab chiqargan kompaniya – SpaceX rahbari Ilon Mask aytib o‘tdi.

Maskning fikricha, geliy to‘ldirilgan idishning yuqori tezlikda bakka urilishi halokatni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Sentyabr oyigacha parvozlar amalga oshirilmasligi ma'lum qilindi.

Top