11:49 / 21.07.2015
3224

Kasilyasning agenti Ronaldu "Real"ni tark etishni rejalashtirayotgani haqida aytdi

"Real" jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning agenti bo‘lmish Santos Markes madridliklar jamoasining asosiy hujumchisi Krishtianu Ronalduning jamoani tark etishi ehtimollari haqida gapirib o‘tdi.

"Florentino Peres Ronaldu nega boshqa jamoa bilan hamkorlik qilayotganiga izoh berishi kerak. Ronaldu o‘zining 40 mln yevroga baholanadigan imiji huquqini "Valensiya" xo‘jayini Piter Limuga sotgan.

Peresdan bunga izoh berishini so‘rash kerak. Balki futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirayotgandir?", deydi Markes As nashriga intervyu berish chog‘ida.

Top