16:07 / 21.07.2015
9734

Osiyo shaxmat federatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni "Yil kishisi" deb e'lon qildi

Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan an'anaviy “2nd Annual Asian Chess Excellence Awards” premiyasining “Yil kishisi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov e'tirof etildi.

Bu haqidagi rasmiy tabrik maktubi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga kelib tushgan:

“We are pleased to inform you that Asian Chess Federation president Sheikh Sultan bin Khalifah Al Nahyan announced the other day at a press conference for the 2nd Annual Asian Chess Excellence Awards that the Man of the Year Award goes to His Excellency President Islam Karimov of Uzbekistan”.

Osiyo shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Halifa Al Naxyon bu yangilikni rasman e'lon qildi. Xabarga mos tarzda suratlar ham ilova qilinib, unda Shayx Sulton federatsiya bosh kotibi Xisham Al-Toxir bilan birga nominatsiya g‘olibiga taqdim etiladigan mukofotni namoyish qilishgan.

Ushbu nominatsiya bo‘yicha mukofot mamlakatda shaxmatga qaratilayotgan e'tibor, bolalar sporti, xususan shaxmatga berilayotgan g‘amho‘rlik, yaratilayotgan sharoitlar va doimiy qo‘llab-quvvatlashni ta'minlayotganlar uchun topshiriladi.

“Asian Chess Excellence Awards” premiyasi o‘tgan yili ta'sis etilgan bo‘lib, ilk g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2014 yilning 25 iyul kuni BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda “Yil kishisi” nominatsiyasida g‘oliblik BAAning Sharja shahri amiri Shayx Muhammad Al Qosimiga nasib etgandi", deyiladi olamsport.uz sayti xabarida.

Top