11:22 / 21.07.2015
11193

Rayhon: Lola bilan dugonamiz, bor-yo‘g‘i shu!

Bir muddat ilgari “Darakchi” gazetasi xonandalar Rayhon va Lola tomonidan ijro etilgan “Ko‘nikmadim” qo‘shig‘iga ishlangan klipni qattiq tanqid ostiga olgan edi. Xususan, material muallifi taniqli xonandalar ekranda hamjinsboz munosabatlarni ifodalaganliklariga ishora qilib o‘tgan edi. Oradan shuncha vaqt o‘tib, qo‘shiq ijodkorlaridan biri Sayyod.com sayti orqali bu tanqidga javob berdi.

“Qiziq, ular bu narsalarni qayerda ko‘rishdi, bunday qizg‘in muhokamalarga nima sabab bo‘ldi? Kimdir ataylab mishmish tarqatmoqda, boshqalar esa ularga ishonmoqda. Bu klipda biz dugonalar sifatida dardimizni bir-birimiz bilan bo‘lishganmiz, bor-yo‘g‘i shu!”, – dedi Rayhon G‘aniyeva.

Top